Ko‘chat payvandlash sekatori


Payvandlash uch xil: kurtak, yoriq (qalam) va omega usulida amalga oshirilmoqda. Bu qaychi yordamida payvandlashni o‘zingiz juda qulay amalga oshirishingiz mumkin. Payvandlash qaychisining uch dona pichog‘i bor, ular yordamida kurtak payvand, omega payvand va V shaklli (tilchali qalam payvand)ni amalga oshirishingiz mumkun.
Qulay, oson qo‘llaniladigan va yengil bo‘lgan bu qaychi qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning yordamida 3 xil payvandlashni bajarish mumkin. Qaychining barcha qismlari ehtiyot qism sifatida ta'minlanadi, pichoq va boshqa qismlari almashtiriladigan xususiyatga ega. Maxsus toblangan tig‘lari va fiberglassdan yasalgan soplari, uzoq vaqt davomida foydalanish mumkinligi bilan e'tiborni jalb qiladi.
Foydalanish shakli: payvand qilinadigan novda yoki shoxchani plastik tutqichning ustiga joylashtiring. Bir qo‘lingiz bilan qaychini yoping. Xuddi shu ishni payvandtagga ham qo‘llang. Kesilgan ikkita novdani birlashtiring va maxsus payvandlash tasmasi bilan bog‘lang. Shu bilan payvandlash yakunlandi. Payvandlash qaychisining ichidagi tig‘lar yordamida amalga oshiriluvchi uch turdagi payvandlash tegishli rasmda ko‘rsatilgan.
Agar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, payvandning tutib ketish ehtimoli 90-99 foizga teng. Payvandlangan joylar albatta slikon tasma bilan o‘ralishi shart. Boshqa bog‘lov vositalari qo‘llanadigan bo‘lsa, kutilgan natijaga erishilmasligi mumkin.
Bu sekator yordamida toklar, yong‘oqlar, atirgullar va boshqa mevali daraxtlarda payvandlashni bajarishingiz mumkin.
1. Kurtak usulidagi payvandlash uchun zaxira pichoq LAMGEM
2. Omega usulidagi payvandlash uchun zaxira pichoq OMEGA
3. Qalam usulidagi payvandlash uchun zaxira pichoq